Qashqadaryoda kelin eri va yaqinlari tomonidan kaltaklanib, sochi kesib tashlandi

3-sahifa

image

Ijtimoiy tarmoqlarda Qashqadaryoda kelin o‘z eri va yaqinlari tomonidan bog‘lab qo‘yib vahshiylarcha kaltaklangani haqida xabarlar tarqaldi. Ushbu holat yuzasidan viloyat Ichki ishlar boshqarmasi izoh berdi. 

Qayd etilishicha, joriy yilning 9  iyul kuni soat taxminan 23-30 larda Yakkabog‘ tumani “Yangihayot” MFYda yashovchi Yu.E, Yu.B, Yu.R va Yu.X. kelin Q.M fuqaro Yu.X. bilan ishqiy munosabatda bo‘lib yurganligidan g‘azablanib, uni oyoq-qo‘lini bog‘lab, sochini kesib tashlab, tanasini duch kelgan sohalariga qo‘l-oyoqlari va qamchi bilan muttasil ravishda urib, qiynab, jismoniy azob berib tan jarohati yetkazishgan. 

Oqibatda Q.M. tan jarohati olib, Yakkabog‘ tumani Tibbiyot birlashmasi shifoxonasiga tushgan.

Mazkur holat yuzasidan Yakkabog‘ tumani IIB huzuridagi tergov bo‘linmasi tomonidan  fuqaro Yu.E, Yu.B. va boshqalarga nisbatan Jinoyat kodeksining 138-moddasi 2-qismi “a” bandi bilan  jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

1659

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing