Qashqadaryoda katta miqdordagi valyutani noqonuniy sotayotganlar qo‘lga olindi

Jamiyat

image

Qashqadaryoda noqonuniy valyuta savdosiga chek qo‘yildi. Davlat xavfsizlik xizmati Qashqadaryo viloyati boshqarmasi va Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning viloyat boshqarmasi xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbir natijasida, xorij valyutasining noqonuniy savdosi bilan shug‘ullanuvchi Qarshi shahrida tug‘ilgan Azamat Norov 21 400 AQSH dollarini 8550 so‘mdan hisoblab, 182 million 970 ming so‘mga sotayotgan vaqtda ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

Aniqlanishicha, Norov ushbu valyutaning 1400 AQSH dollarini o‘zining tanishi Eldor Bekqulovdan olgan.

So‘ngra tezkor tadbir davom ettirilib, Bekqulovning “Jentra” rusumli avtomashinasi ko‘zdan kechirilganda, uning salonida 28 ming 600 AQSH dollari va 8 million 14 ming so‘m borligi aniqlandi.

Norov va Bekqulovdan jami 50 ming AQSH dollari va 8 million 14 ming so‘m pul ashyoviy dalil sifatida rasmiylashtirib olindi.

Hozirda O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining tegishli moddasiga asosan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Jinoyat dollar Qashqadaryo

Baholaganlar

61

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing