Qashqadaryoda “Kamaz” 9 yashar qizni bosib ketdi
3-sahifa
−
28 noyabr 2022
8276Joriy yilning 22 noyabr Qashqadaryo viloyatida “Kamaz” rusumli yuk mashinasi voyaga yetmagan qizni urib yuborishi oqibatida bola vafot etdi Bu haqda viloyat IIB matbuot xizmati xabar berdi.
YTH soat taxminan 12:30 larda A-378 “Samarqand-G‘uzor” avtomobil yo‘lining Qamashi tumani “Uzun” MFY hududidan o‘tgan 124 km.da sodir bo‘lgan. Haydovchi N.B. boshqaruvida bo‘lgan “Kamaz” piyodalar yo‘lakchasidan o‘tayotgan Qamashi tumani “Uzun” MFYda yashovchi voyaga yetmagan Q.S.ni urib yuborgan.
Oqibatda voyaga yetmagan piyoda Q.S. og‘ir tan jarohati olib vafot etgan.
Mazkur holat yuzasidan Qamashi tuman IIB Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, haydovchi O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat protsessual kodeksining 221-moddasi tartibida ushlangan va jinoyat ishlari bo‘yicha Qamashi tuman sudining ajrimiga asosan ayblanuvchi N.B.ga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.
Hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan xabarlarga ko‘ra, YTH qurboni 9 yoshli qiz bo‘lgan.
LiveBarchasi