Qashqadaryoda Kadastr agentligi boshqarmasi boshlig‘i jarimaga tortildi
3-sahifa
−
10 iyun 2023 7138 1 daqiqa
O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligi Qashqadaryo viloyati boshqarmasi boshlig‘i jarimaga tortildi. Bu haqda Biznes-ombudsman QALAMPIR.UZ’ga ma’lum qildi.
Keltirilishicha, Biznes-ombudsman devonining Qashqadaryo viloyatidagi sho‘basi tomonidan Kadastr agentligi Qashqadaryo viloyati boshqarmasiga tadbirkorlik sub’ektlariga nisbatan rasmiylashtirilgan ma’muriy ishlar yuzasidan ma’lumot taqdim qilish to‘g‘risida 2022 yil 27 oktyabrga so‘rov xati taqdim qilingan. Lekin boshqarma tomonidan ushbu so‘rov xati e’tiborsiz qoldirilgan.
Vakil devoni xodimlarining qonuniy talabi bajarilmagani sababli Kadastr agentligi Qashqadaryo viloyati boshqarmasi boshlig‘iga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risida kodeksining 1973-moddasi bilan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilib, sudga taqdim qilingan.
Jinoyat ishlari bo‘yicha Qarshi shahar sudining qarori bilan boshqarma boshlig‘iga jarima jazosi qo‘llanilgan.
Ma’lumot uchun, mansabdor shaxslar tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik sub’ektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha mansabdor shaxslar tomonidan murojaatlarni, xulosalarni, taqdimnomalarni, iltimosnomalarni ko‘rib chiqmasdan qoldirish yoki ularni ko‘rib chiqish muddatlarini uzrli sabablarsiz buzish yoxud ular yuzasidan bila turib qasddan ishonchsiz ma’lumotlarni taqdim etish mansabdor shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining uch baravaridan yetti baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
Live
Barchasi