Qashqadaryoda qor yog‘di
Jamiyat
−
22 iyun 2022 15413 1 daqiqa
Qashqadaryoning Hisor tog‘ tizmalarida qor yog‘di. Bu haqda bugun, 22 iyun kuni O‘zgidromet yetakchi mutaxassisi Erkin Abdulaxatov ma’lum qilgan.

Qayd etilishicha, joriy yilning 20 iyun kuni O‘zbekistonga kirib kelgan sovuq va nam havo oqimi Hisor tog‘ tizmalarining dengiz sathidan 3200-3500 metr baland qismida havo harorati nol darajadan pastlab ketishiga olib kelgan.

Natijada, Hisor tog‘ tizmasining dengiz sathidan 3600 metr balandlikda joylashgan Osmontalash cho‘qqisida qor yog‘gan.


Live
Barchasi