Qashqadaryoda internetdagi tanishuv o‘g‘rilik bilan tugadi
3-sahifa
−
29 yanvar 2023
8451Qashqadaryoda internet orqali tanishgan kishisining plastik kartasi hisobidan katta miqdordagi pulni firibgarlik yo‘li bilan o‘zlashtirgan shaxs aniqlandi. Bu haqda viloyat IIB matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, Dehqonobod tumani Istiqlol MFYda yashovchi N.Yu. ariza bilan murojaat qilgan. Fuqaroga ko‘ra, ijtimoiy tarmoq orqali tanishgan shaxs uning telefon raqami va boshqa ma’lumotlarni olib, plastik kartasidan jami 19 mln 834 ming 500 so‘m pullarini o‘zlashtirib olgan.
IIB xodimlari tomonidan olib borilgan tezkor qidiruv tadbirlari davomida mazkur jinoyatni Andijon viloyati Andijon shahar “Bo‘ston” MFYda yashovchi A.A. sodir qilgani aniqlanib, undan hodisaga bog‘liq ashyoviy-dalillar tegishli tartibda rasmiylashtirilgan.
Hozirda mazkur holat yuzasidan IIB huzuridagi Tergov guruhi tomonidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
LiveBarchasi