Qashqadaryoda ikki kishi qishlog‘iga kelgan yigitni urib, o‘ldirib qo‘ydi
3-sahifa
−
13 avgust 2022 19381 1 daqiqa
Qashqadaryoda qo‘shni qishloqqa borgan yigit ikki kishi tomonidan kaltaklanishi oqibatida vafot etdi. Bu haqda viloyat Ichki ishlar boshqarmasi xabar berdi.
Qayd etilishicha, kecha, 12 avgust kuni taxminan soat 01:30 lar atrofida Chiroqchi tumani “Galabek” MFYda yashovchi fuqaro H.O. qo‘shni qishloqqa borganida fuqarolar A.M. va Q.M. bilan janjallashib qolgan. Fuqarolar A.M. va Q.M. H.O.ni do‘pposlab, tan jarohati yetkazgan.
Shundan so‘ng, jabrlanuvchi H.O. Chiroqchi tumani tibbiyot birlashmasi shifoxonasiga yotqizilgan. Shifokorlar tomonidan ko‘rsatilgan tibbiy muolajalarga qaramay olgan tan jarohatlari sababli H.O. vafot etgan.
Holat yuzasidan 12 avgust kuni Chiroqchi tuman IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, fuqarolar A.M. va Q.M.ga O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 104-moddasi 3-qismi “d” bandi bilan ayblov e’lon qilinib, Jinoyat-prossetsual kodeksining 221-moddasi tartibida ushlangan.
Live
BarchasiBloger Aziz Hakimov 4 yilga qamaldi
11 avgust
Putin hech narsadan qo‘rqmasligini aytdi
11 avgust