Qashqadaryoda gaz quvurida yong‘in chiqdi (video)
3-sahifa
−
21 avgust 2024 7644 1 daqiqa
Qashqadaryo viloyati Nishon tumanida gaz quvurida katta yong‘in sodir bo‘ldi. Bu haqda Energetika vazirligi xabar berdi.
Qayd etilishicha, soat bugun, 21 avgust kuni soat 11:35 da “Shirinobod” konidagi (“Epsilon” XKga qarashli) quduqlar oralig‘ida diametri 426 mm bo‘lgan quvurdan gaz sizib chiqish holati oqibatida yong‘in yuzaga kelgan.
Hozirgi vaqtda yong‘in to‘liq bartaraf etilib, ta’mirlash ishlariga kirishilgan.
“Voqea oqibatida jarohatlanganlar yo‘q. Holat yuzasidan qo‘shimcha axborot beriladi”, deyiladi xabarda.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 15 avgust kuni Toshkent shahar Olmazor tumani Sag‘bon ko‘chasida yong‘in sodir bo‘lgandi.
Live
BarchasiNamanganda yana zilzila bo‘ldi
06 dekabr