Qashqadaryoda fuqaro ikki ming metr balandlikdagi tog‘da qolib ketdi

3-sahifa

image

Qashqadaryo viloyati Chiroqchi tumanidagi tog‘ cho‘qqisida yolg‘iz qolib ketgan fuqaro qutqarib olindi. Bu haqda viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi Matbuot xizmati xabar berdi.

Unda aytilishicha, joriy yilning 28 iyun kuni soat taxminan 23:00 da Chiroqchi tumani FVBga shu tumanning “Langar” mahallasi hududidagi tog‘ cho‘qqisida bir fuqaroning tobi qochib, uni kasalxonagacha yetkazish uchun amaliy yordam kerakligi to‘g‘risida murojaat kelib tushgan.

Xabarga ko‘ra, 1 nafar ofitser, 4 nafar qutqaruvchi, 2 nafar tibbiyot xodimlari hamrohligida qariyb 4 soat yo‘l yurib voqea joyiga yetib borilgan. Bemorga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatilib, ko‘p sonli mahalliy aholi yordamida tez tibbiy yordam xizmatiga yetkazilgan.

Ma’lum bo‘lishicha, mazkur vaziyat “To‘laqul” qishlog‘ida yashovchi fuqaro M.I. taxminan 2000 metr balandlikdagi cho‘qqilarning birida chorva mollarini boqish bilan band bo‘lgan vaqtida qon bosimi oshishi ortidan ro‘y bergan. Hozirda bemor shifoxonaga yotqizilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing