Qashqadaryoda farg‘onalik erkak “samosud” qilindi

3-sahifa

image

Ijtimoiy tarmoqlarda Qashqadaryo viloyatining Ko‘kdala tumanidagi bozorda katta yoshli odam bir guruh fuqarolar tomonidan kaltaklangani tasvirlangan video tarqaldi. Holatga Qashqadaryo viloyati IIB munosabat bildirdi.

IIBga ko‘ra, kaltaklangan fuqaro asli Farg‘ona viloyati Buvayda tumanida yashovchi muqaddam sudlangan R.Sh. bo‘lgan.

Joriy yil 6 iyun kuni Ko‘kdala tumani “Kattaqishloq oziq-ovqat dehqon” bozorida turgan Cobalt rusumli avtomashinadan 650 000 so‘m pul o‘g‘irlash holati bo‘yicha Chiroqchi tuman IIB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi 3-qismi “a” bandi bilan R.Sh.ga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Hozirda samosud holati bo‘yicha ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

1598

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing