Qashqadaryoda eshaklarni ayovsiz kaltaklagan shaxs 12 sutkaga qamaldi
3-sahifa
−
07 aprel 2022
9739Avvalroq, Qashqadaryoda bir nechta erkaklar eshaklarni ayovsiz kaltaklangani akst etgan videolavha tarqalgandi. Ushbu holat yuzasidan viloyat Ichki ishlar boshqarmasi munosabat bildirdi.
Aniqlanishicha, o‘tgan yili 20 avgustda Chiroqchi tumani “Langar” MFYda yashovchi A.I. va o‘g‘li voyaga yetmagan B.S. hovlisida eshaklarga shafqatsizlarcha munosabatda bo‘lib, urgan.
Holat yuzasidan tegishli ma’muriy hujjatlar rasmiylashtirilib, JIB Chiroqchi tuman sudiga yuborilgan.
Sud hayvonlarga ozor bergan ota A. I. O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 111-moddasi 2-qismi (voyaga yetmagan shaxs hozirligida hayvonlarga nisbatan shafqatsiz munosabatda bo‘lish yoxud hayvonlarning mayib bo‘lishiga olib kelish) bilan aybdor deb topilib, unga 12 sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlangan.
Voqeaning ikkinchi ishtirokchisi sudlanuvchining o‘g‘li B.S. esa voyaga yetmagani uchun uning xatti-harakati uchun ham otasi A. I. Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 47-moddasi (bolalarni tarbiyalash va ularga ta’lim berish borasidagi majburiyatlarni bajarmaslik) bilan aybli deb topilib, bazaviy hisoblash miqdorining bir baravari (270 ming so‘m) miqdorida jarimaga tortilgan.
LiveBarchasi