Qashqadaryoda erkak 46 kg “gashish” bilan ushlandi (video)
3-sahifa
−
01 may 2384 2 daqiqa
Qashqadaryo viloyatining Shahrisabz tumanidagi dala maydonida ko‘mib ketilgan 45 kg 768 gr gashish giyohvandlik vositasini olib ketmoqchi bo‘lgan erkak qo‘lga olindi. Bu haqda Ichki ishlar vazirligi xabar berdi.
Qayd etilishicha, 1964 yilda tug‘ilgan, muqaddam Jinoyat kodeksining 273-(giyohvandlik vositalari, ularning analoglari yoki psixotrop moddalarni o‘tkazish maqsadini ko‘zlab qonunga xilof ravishda tayyorlash, olish, saqlash va boshqa harakatlar qilish, shuningdek ularni qonunga xilof ravishda o‘tkazish)241-(jinoyat haqida xabar bermaslik yoki uni yashirish) va 176-(qalbaki pul, aksiz markasi yoki qimmatli qog‘ozlar yasash, ularni o‘tkazish) moddalari bilan sudlangan shaxs nazoratga olingan. U Shahrisabz tumanidagi dala maydoniga qop bilan ko‘mib ketilgan 45 kg 768 gr “gashish” giyohvandlik vositasini o‘ziga tegishli bo‘lgan transport vositasiga solib, olib ketmoqchi bo‘lgan paytda qo‘lga olingan.
Bildirilishicha, transjinoiy uyushmaning O‘zbekistondagi tashkilotchilaridan bo‘lgan bu shaxs 2008 yildan buyon xalqaro jinoiy uyushma tuzgan holda til biriktirib, tizimli ravishda giyohvandlik vositalarini qo‘shni respublikalar orqali O‘zbekiston hududiga olib kirish va tarqatish bilan shug‘ullanib kelgan.
Hozirda mazkur holat yuzasidan unga nisbatan Jinoyat kodeksining 273-moddasi (giyohvandlik vositalari, ularning analoglari yoki psixotrop moddalarni o‘tkazish maqsadini ko‘zlab qonunga xilof ravishda tayyorlash, olish, saqlash va boshqa harakatlar qilish, shuningdek ularni qonunga xilof ravishda o‘tkazish) 5-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Buxoroda “opiy”ni mashina motoriga yashirgan haydovchi ushlangan edi.
Shahzoda Shukurullayeva
Live
Barchasi