Qashqadaryoda er xotinini do‘pposlab o‘ldirdi
3-sahifa
−
24 noyabr 2021
12908Ijtimoiy tarmoqlarda Qashqadaryo viloyatining Yakkabog‘ tumanida ayol turmush o‘rtog‘i tomonidan o‘ldirilgani haqida xabarlar tarqalgandi. Viloyat prokuraturasi mazkur xabarlarga munosabat bildirdi.
Aniqlanishicha, joriy yilning 21 oktyabr kuni Yakkabog‘ tumani, “Uyg‘ur” mahallasida yashovchi fuqaro U.E. mast holatda turmush o‘rtog‘i G.X. bilan o‘zaro janjallashib, uni bir necha bor urib, tan jarohati yetkazgan. Oqibatda G.X. vafot etgan.
Mazkur holat yuzasidan joriy yilning 22 oktyabr kuni Yakkabog‘ tuman prokuraturasi tomonidan Jinoyat kodeksining 97-moddasi (qasddan odam o‘ldirish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Jinoyat ishi bo‘yicha U.E.ga Jinoyat kodeksining 97-moddasi bilan ayb e’lon qilinib, “qamoqqa olish” tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.
Jinoyat ishi yuzasidan Yakkabog‘ tuman prokuraturasi tomonidan dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
LiveBarchasi
Putin xalqiga murojaat qildi.
21 noyabr