Qashqadaryoda drift qilish ortidan 2 yigit vafot etdi

3-sahifa

image

Qashqadaryo viloyatining Qarshi shahrida mashinada drift qilish oqibatida ikki kishi halok bo‘ldi. Bu haqda viloyat Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi xabar berdi.

Qayd etilishicha, hodisa joriy yilning 30 yanvar kuni soat taxminan 17:00 da Qarshi shahrining Nasaf ko‘chasida sodir bo‘lgan. 19 yoshli yigit ikki do‘sti bilan birga avtomobilni boshqarib kelayotgan vaqtida drift qilishga uringan. Oqibatda haydovchi rul boshqaruvini yo‘qotib, yo‘l chetidagi daraxtga urilgan. Zarba kuchli bo‘lganidan avtomashinada bo‘lgan 19 yoshli ikki yigit voqea joyida vafot etgan.

Mazkur holat yuzasidan hozirda Qarshi shahar ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘limi tomonidan tergov harakatlari olib borilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent shahrida 3 ta avtomobil ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lib, oqibatda bir piyoda halok bo‘lgandi.


Maqola muallifi

Teglar

YTH Qashqadaryo drift

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing