Qashqadaryoda deputatlar ruxsatisiz 10 mlrdga yaqin mablag‘ ishlatib yuborilgan – Norboyeva

Jamiyat

image
0:00
0:00
download

Qashqadaryo viloyatida deputatlarning ruxsatisiz 10 mlrd so‘mga yaqin mablag‘ ishlatib yuborilgan. Bu haqda bugun, 29 sentyabr kuni Oliy Majlis Senatining o‘n to‘qqizinchi yalpi majlisida Senat raisi Tanzila Norboyeva ma’lum qildi. 

“Mahalliy byudjetlarda shakllangan qo‘shimcha manbalardan foydalanishda qator kamchiliklarga yo‘l qo‘yilmoqda.  Ushbu mablag‘larni ishlatishda mahalliy Kengashlar hal qiluvchi vazifani bajaradi. Biroq ular bunga talab darajasida qaramayapti. Birgina Qashqadaryo viloyatining G‘uzor, Mirishkor, Kasbi, Chiroqchi tumanlari va Qarshi shahrida mahalliy Kengashlarda muhokama qilinmasdan, deputatlarning ruxsatisiz 10 mlrd so‘mga yaqin mablag‘ ishlatib yuborilgan”, degan Tanzila Norboyeva. 

Yig‘ilish davomida Senat raisi Mahalliy Kengashlar qonun bilan o‘zlariga berilgan vakolatlarni chuqur anglab, amalda samarali foydalangan holda talabchanlikni oshirmas ekanlar bu kabi muammolar kamaymasligini ta’kidladi.

“Mahalliy Kengashlar vakillari, ayniqsa, byudjet bo‘yicha doimiy komissiya a’zolari, shu jumladan, kotibiyatlar bu borada mas’uliyatni oshirishlari lozim”, deya ta’kidladi Tanzila Norboyeva.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

87

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing