Qashqadaryoda deputat o‘quvchini ayovsiz do‘pposlagani aytilmoqda
3-sahifa
−
04 noyabr 2022
11843Ijtimoiy tarmoqlarda Qashqadaryoda qamashilik deputat 11-sinf o‘quvchisini shafqatsizlarcha kaltaklagani haqida xabarlar tarqaldi. Viloyat Xalq ta’limi boshqarmasi Matbuot xizmati holatga munosabat bildirdi.
Qayd etilishicha, holat Qashqadaryo viloyati xalq ta’limi boshqarmasi va huquqni muhofaza qiluvchi organ mas’ullari tomonidan atroflicha o‘rganilmoqda.
Ma’lum bo‘lishicha, 3 noyabrdan 4 noyabrga o‘tar kechasi soat taxminan 03:00larda Qamashi tumani Qamay mahallasida yashovchi N.P. voyaga yetmagan fuqaro Q.E.ni urib tan jarohati yetkazgan.
Qashqadaryo viloyati IIB Matbuot xizmati xabariga ko‘ra, hozirda Qamashi tuman IIB xodimlari tomonidan tergovga qadar surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Ta’kidlash joizki, na viloyat XTB, na IIB bolani kaltaklagan fuqaro deputat ekaniga aniqlik kiritmagan.
LiveBarchasi