Qashqadaryoda Damas haydovchisi YPX xodimini bosib ketdi
3-sahifa
−
31 yanvar
18338Ijtimoiy tarmoqlarda Qashqadaryo viloyatining Kitob tumanida Damas rusumli avtomashina yo‘l harakati xavfsizligi xizmati xodimini bosib ketgani aks etgan videoyozuv tarqaldi.
Videotasvirlardan YPX xodimi Damas tagida qolgani va atrofdagi odamlar ko‘magida mashina ostidan olib chiqilganini ko‘rish mumkin.
Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinovning ma’lum qilishicha, hozirda mazkur holat yuzasidan tergovga qadar surishtiruv harakatlari o‘tkazilmoqda. Tekshiruv natijasi bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumotlar beriladi.
Eslatib o‘tamiz, joriy yil boshida Andijonda avtomashinani mast holatda boshqargan shaxs yo‘l transport hodisasini sodir etgan va buning oqibatida xizmat vazifasini o‘tab kelayotgan IIB Yo‘l harakati xavfsizligi guruhi xodimi hamda boshqa haydovchi tan jarohatlari olgandi.