Qashqadaryoda chang bo‘roni kuzatilyapti (video)

Jamiyat

image
0:00
0:00
download

Qashqadaryoda kuchli shamol va chang-bo‘ron hodisalari kuzatilmoqda. Bu haqda Gidrometeorologiya xizmati markazi mutaxassisi ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, chang-bo‘ron hodisalari viloyatning Buxoro viloyati bilan chegaradosh tumanlarida sodir bo‘lmoqda. 

Xususan, Muborak tumanida kuchli shamol ortidan, chang-to‘zon ko‘tarilgan, ko‘rinuvchanlik 200-300 metrgacha cheklangan.

Eslatib o‘tamiz, O‘zgidromet joriy haftada respublikaning ayrim joylarida shamol 15-20 m/s gacha kuchayishi va chang-to‘zon bo‘lishi, ba’zi joylarda shamol 22-25 m/s gacha kuchayishi mumkinligidan ogohlantirgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

163

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing