Qashqadaryoda bloger qamoqqa olindi

3-sahifa

image

Chiroqchi tumanida “102” operator raqamiga qo‘ng‘iroq qilib, jinoyat to‘g‘risida aniq bila turib, yolg‘on xabar bergan shaxslar qo‘lga olindi. Bu haqda Qashqadaryo viloyati IIB xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, Chiroqchi tumani, “Dam” MFYda yashab kelayotgan X.U. tanishi X.B. bilan oldindan o‘zaro jinoiy til biriktirib joriy yilning 31 avgust kunidan 1 sentyabr kuniga o‘tar kechasi fuqaro M.E.ning nomiga rasmiylashtirilgan, o‘zining foydalanuvida bo‘lgan “Vaz 2106” rusumli 70 V 630 YeA davlat raqam belgili avtomashinasini Chiroqchi tumani, “Dam” MFYda yashash uyi oldidan shu qishloqda yashovchi Q.J.ning uyini orqa tomoniga boshqarib olib borib, avtomashinani ochiq holatda qoldirgan. So‘ng fuqaro X.U. “102” operator raqamiga qo‘ng‘iroq qilib, navbatchi operatorga guyoki “Vaz 2106” rusumli 70 V 630 YeA davlat raqam belgili avtomashinasini uyi oldida ochiq holatda qoldirilgani, kech soat 02:00 larda avtomashinasini noma’lum shaxslar olib ketganini bayon qilib, aybdor shaxslarni aniqlab, ularga nisbatan qonuniy chora ko‘rilishini so‘rab, jinoyat to‘g‘risida aniq bila turib, yolg‘on xabar bergan.

Murojaat bo‘yicha olib borilgan tergovga qadar tekshiruv harakatlari davomida to‘plangan hujjatlarga ko‘ra, “Vaz 2106” rusumli 70 V 630 YeA davlat raqamli avtomashina noma’lum shaxslar tomonidan olib qochilmagani, aksincha avtomashina arizachi X.U tomonidan ayblovning sun’iy dalillarini vujudga keltirgan holda, yashash uyidan uzoq joyga olib borib qo‘yilgani aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Chiroqchi tumani IIO FMB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan X.U. va X.B.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 237-moddasi 2-qismi “a,b” bandlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, Jinoyat-protsessual kodeksining 221-moddasi tartibida ushlanib, qamoq ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.

Hozirda Chiroqchi tumani IIO FMB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan jinoyat ishi bo‘yicha dastlabki tergov harakatlari davom ettirilmoqda.

Ma’lumotlarga ko‘ra, qo‘lga olinganlardan biri qashqadaryolik bloger Humlyun Umrzoqov bo‘lib, u Chiroqchidagi muammolarni tanqid qilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

462

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing