Qashqadaryoda bloger hibsga olindi. U firibgarlikda ayblanmoqda

3-sahifa

image

Qashqadaryoda muqaddam sudlangan, 10 yildan ortiq muddatda ozodlikdan mahrum qilish jazosini o‘tab chiqqan blogerlik faoliyati bilan shug‘ullanuvchi shaxs boshqa bir fuqarodan 3 sotix yer olib berish evaziga 7 million so‘mni olgan vaqtida ushlandi. Bu haqda viloyat Ichki ishlar boshqarmasi Matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, G‘uzor tumanida yashovchi M.Sh. o‘zini shahar va tuman hokimiyatlarida tanishlari ko‘pligini, mansabdor tanishlari orqali yer maydonlarini olib berishni va’da qilib, viloyatda yashovchi fuqarolar ishonchiga kirgan. 

Jumladan, M.Sh. kecha, 21 fevral kuni Chiroqchi tumani hokimligidagi tanishi orqali maishiy xizmat ko‘rsatishga ajratilgan manzildan 3 sotix yerni olib berish evaziga Qarshi shahridagi choyxonalardan birida fuqaro E.O.dan 7 million so‘mni firibgarlik yo‘li bilan olgan vaqtda ushlangan. 

Mazkur holat yuzasidan fuqaro Sh.M.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi IJQK departamentining Qashqadaryo viloyati boshqarmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik), 25-211-moddasi (pora berishga suiqasd qilish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, JPKning 221-moddasi tartibida ushlangan. 

Hozirda Qashqadaryo viloyati IIB tomonidan dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Aytish joizki, M.Sh. muqaddam O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 25-97-moddasi (qasddan odam o‘ldirishga suiqasd qilish) va164-moddasi (bosqinchilik) jinoyatlarini sodir etganlik uchun sud hukmi bilan 10 yildan ortiq muddatda ozodlikdan mahrum qilish jazosini o‘tab chiqqan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

102

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing