Qashqadaryoda ayiq maktab binosiga kirishga uringani ochiqlandi

Jamiyat

image

Bugun, 5 aprel kuni Qashqadaryoning Chiroqchi tumanida aholi yashash joyida paydo bo‘lgan yovvoyi ayiq maktablardan biriga borib, derazalarga urilgan. Bu haqda viloyat Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi matbuot xizmati ma’lumot berdi

Aniqlanishicha, ayiq 103-sonli maktab binosidagi derazalarga urilgan. Deraza sinishi oqibatida qon izlari paydo bo‘lgan. Holat Chiroqchi tumani Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi mas’ullari ishtirokida o‘rganilmoqda. 

“Ayiq maktabga kelishi oqibatida biror-bir o‘quvchi yoki pedagog xodimlarga tajovuz qilmagan. Hech qanday jarohat ko‘rish holati mavjud emas”, deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, Chiroqchida bugun birdaniga paydo bo‘lib qolgan yovvoyi ayiq, odamlarni sarosimaga tushirib qo‘ydi. Ijtimoiy tarmoqlarda odamlar uni Nexia avtomobilida quvgani aks etgan video tarqaldi. Tabiat resurslari vazirligi holatga munosabat bildirib, hokimlik tomonidan ishchi guruh tuzilgani haqida xabar qilgandi. 


Maqola muallifi

Teglar

maktab Qashqadaryo ayiq

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing