Qashqadaryoda ayiq bolasini kim o‘ldirdi? Ekoqo‘mita ma’lumot berdi
3-sahifa
−
27 aprel 2022 32829 1 daqiqa
Avvalroq Qashqadaryo viloyatining Dehqonobod tumanida qo‘ng‘ir ayiq bolasi otib tashlangani haqida xabar bergan edik. Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi jonivorlarga nisbatan vahshiylik yuzasidan qo‘shimcha ma’lumot berdi.
Ma’lum qilinishicha, Davlat ekologiya qo‘mitasi inspektorlari va tuman IIB xodimlari bilan birgalikda olib borilgan tezkor qidiruv natijasida gumondor shaxslar Dehqonobod tumani, "Oqqishloq" MFY, Qizilsoy qishlog‘ida yashovchi fuqaro K.Sh. ekani ma’lum bo‘lgan. Uning xonadoni tekshirilganida bir dona ayiq bolasining terisi topilgan.
Shuningdek, ayiq bolasi terisini saqlab kelgan fuqaro ayiq bolasini o‘lik holda topganini iddao qilmoqda.
Ta’kidlanishicha, bu holatga aniqlik kiritish maqsadida ayiq bolasi terisi ekspertizadan o‘tkaziladi.
Gumondor shaxsdan tushuntirish xati olinib, tegishli hujjatlar rasmiylashtirilgan. Hozirda tuzilgan ishchi guruh tomonidan surishtiruv ishlari davom ettirilmoqda.
Holat yuzasidan qo‘shimcha ma’lumotlar taqdim etiladi.
Live
Barchasi