Qashqadaryoda ayol yollagan jinoiy guruh uning erini 44 marta pichoqlab o‘ldirdi

3-sahifa

image

Qashqadaryoning Shahrisabz tumanida sevgilisi bilan qochib ketish uchun uyidagi pullarni o‘g‘irlash maqsadida jinoiy guruh yollab, erining o‘limiga sababchi bo‘lgan ayolga sud hukmi o‘qildi. Bu haqda “Zamon” informatsion dasturida ma’lum qilindi.

Ma’lum qilinishicha, Shahrisabz tumani, Shakarteri qishlog‘ida yashovchi tadbirkor H.M. 26 martga o‘tar kechasi jinoiy guruh a’zolari tomonidan o‘ldirib ketilgan.

Tergov jarayonida H.M.ning turmush o‘rtog‘i uning U.S. ismli erkak bilan ishqiy munosabatidan xabar topganini bilib qolgani aniqlangan. Shu sababli ayol oilada yuzaga kelgan kelishmovchilik sababli uyida saqlanayotgan pul mablag‘larini qo‘lga kiritib, qochib ketish rejasini tuzgan va U.S.ga ishonchli odamlarni topib, bosqinchilik qilish topshirig‘ini bergan.

Topshiriqqa ko‘ra tuzilgan jinoiy guruh pichoq va yog‘och bo‘laklari bilan qurollanib, 26 martga o‘tar kechasi H.M.ning uyiga kelgan. Bosqinchilik sodir etilgan vaqtda uyg‘onib qolgan uy egasini o‘ldirgan shaxslar seyfdagi taxminan 850 million so‘m pul mablag‘larini olib ketgan. Shuningdek, ular shovqindan uyg‘onib, otasini himoya qilmoqchi bo‘lgan voyaga yetmagan bolani  ham kaltaklagan. Bola ularga kuchi yetmasligini bilib, qochishga muvaffaq bo‘lgan.

Sud-tibbiy ekspertiza xulosasiga ko‘ra, H.M.ning o‘limiga tanasining 44 joyidan pichoqlangani sabab bo‘lgan.

Jinoyat ishlari bo‘yicha Qashqadaryo viloyati sudining hukmiga ko‘ra, marhumning rafiqasi 13 yil 4 oyga, U.S. esa 20 yilga ozodlikdan mahrum etilgan. Shuningdek, guruhning boshqa a’zolari — fuqaro B.S. 21 yil 6 oyga, A.I. va J.X.ga 17 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

1279

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing