Qashqadaryoda 9 mln dollarlik moliyaviy piramida aniqlandi

3-sahifa

image

Qashqadaryo viloyatida soxta aksiyalarni 9 mln AQSH dollariga pullab, moliyaviy piramida tashkil etgan shaxslarga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Bu haqda Bosh prokuratura Matbuot xizmati rahbari Hayot Shamsutdinov xabar bermoqda. 

Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining Qashqadaryo viloyat boshqarmasi tomonidan bir nechta fuqarolarning murojaatlariga asosan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, fuqaro T.R. va boshqalar o‘zlarini go‘yoki, “N.” xorijiy kompaniyasining Qashqadaryo viloyatidagi rasmiy vakili sifatida tanishtirib, 17 ta xorijiy kompaniyalarning soxta aksiyalarini sotish evaziga 2 ming nafarga yaqin fuqarolardan jami 9 mln AQSH dollari yig‘ib olishgan. 

Fuqaro T.R. va boshqalar yanada ko‘proq pul mablag‘larini jalb etish hamda mijozlar sonini orttirish maqsadida, yig‘ib olingan 9 mln AQSH dollari hisobidan 800 ming AQSH dollarini fuqarolarga foiz hisobida berishgan.

Bundan tashqari, T.R. o‘ziga 78 ming AQSH dollariga Volkswagen, o‘g‘li A.N. nomiga 2 ta “Lasetti” rusumli avtomashinalarini hamda Qarshi shahridan savdo do‘koni sotib olib, jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarini legallashtirgan.

Mazkur holat yuzasidan T.R. va boshqalarga nisbatan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda. 


Maqola muallifi

Teglar

moliyaviy piramida

Baholaganlar

486

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing