Qashqadaryoda 7 yashar bola YTH qurboni bo‘ldi (video)
3-sahifa
−
11 may
11141Joriy yilning 19 aprel kuni Qashqadaryo viloyatining Shahrisabz shahrida haydovchi 1 sinf o‘quvchisini urib yuborishi oqibatida bola halok bo‘ldi. Bu haqda viloyat IIB xabar berdi.
Qayd etilishicha, haydovchi K.M. boshqaruvida bo‘lgan Damas rusumli transport vositasi bilan 4K-307 “Shahrisabz-Miraki” avtomobil yo‘lidan Miraki yo‘nalishi tomon harakatlanib borib, yo‘lning Shahrisabz shahar “Uychilik” MFY, Fusunkor ko‘chasidan o‘tuvchi 2 kilometriga kelgan vaqtida piyodalar o‘tish yo‘lagidan kesib o‘tayotgan piyoda O.I.ni urib yuborib, yo‘l-transport hodisasi sodir etgan.
Piyoda olgan tan jarohatlari bilan shifoxonaga yotqizilgan, O.I. ko‘rsatilgan tibbiy yordamlarga qaramasdan shifoxonada vafot etgan.
Mazkur holat yuzasidan Shahrisabz shahar IIB Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 266-moddasi (Transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Haydovchi K.M. protsessual tartibda ushlangan. Hozirda tergov harakatlari davom etmoqda.
Eslatib o‘tamiz, 5 may kuni Surxondaryo viloyati Sariosiyo tumanida sodir bo‘lgan YTH oqibatida ikki kishi halok bo‘lgan edi.
LiveBarchasi