Qashqadaryoda 6 yashar bola 25 metrli quduqqa tushib ketdi (video)
3-sahifa
−
13 iyun 2022 61834 1 daqiqa
Qashqadaryo viloyati Chiroqchi tumanida olti yoshli bola 25 metrli artezian quduqqa tushib ketdi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabar berdi.
Qayd etilishicha, kecha, 12 iyun kuni soat 14:01 larda Chiroqchi tumani Langar qishlog‘i “Langar” MFYda yashovchi fuqaro viloyat FVBga murojaat qilib, shu kuni taxminan soat 13:30 larda o‘zlariga tegishli bo‘lgan dala maydonida qazilgan, 200 diametrli 25 metr suvsiz artezian quduqqa 6 yoshli o‘g‘li tushib ketganligini ma’lum qilgan.
Voqea joyiga zudlik bilan viloyat FVB qutqaruvchilari va tegishli xizmatlar kuch-vositalari yetib borgan. Qutqarish ishlariga FVBning maxsus texnikalari, ekskavator, greyder va boshqa texnikalar jalb etilgan.
Olib borilgan maxsus qutqarish operatsiyasi natijasida bola bugun, 13 iyun kuni soat 10:25 da qutqarib olingan.
“Ayni vaqtda bolaning ahvoli yaxshi. Malakali tibbiy xizmat ko‘rsatish uchun tez tibbiy yordam xodimlariga topshirilgan”, deyiladi xabarda.
Live
Barchasi31 dekabr 2025
Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori Qo‘ng‘irotboy Sharipovga yangi o‘rinbosar bo‘ldi.
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
29 dekabr 2025