Qashqadaryoda 3 kishini pul evaziga o‘qishga kiritib qo‘ymoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi

Jamiyat

image

Qashqadaryo viloyati Qarshi shahrida 3 nafar fuqaroni jamoat salomatligi texnikumiga o‘qishga kiritib qo‘yishni va’da qilgan shaxsga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar bermoqda.

Ma’lum qilinishicha, Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Qarshi shahar bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda fuqaro M.K. uch nafar fuqaroning qizlarini Qarshi shahridagi “Abu Ali Ibn Sino” nomidagi jamoat salomatligi texnikumiga tanishlari orqali o‘qishga kiritib qo‘yishini va’da qilib, ularning har biridan 600 AQSH dollaridan jami 1800 AQSH dollarini firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritgani aniqlangan. 

Shuningdek, tergovga qadar tekshiruvda fuqaro M.K. aybiga to‘liq iqror bo‘lib, fuqarolardan olgan 1800 AQSH dollaridan 400 AQSH dollarini qaytarib bergan holati protsessual rasmiylashtirilgan. 

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari qo‘zg‘atilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

51

Reyting

2.8

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing