Qashqadaryoda 25 metrli quduqqa tushib ketgan bolani 8-sinf o‘quvchisi olib chiqdi – FVV

Jamiyat

image

Xabaringiz bor, Qashqadaryo viloyati Chiroqchi tumanida olti yoshli bola 25 metrli artezian quduqqa tushib ketib, bir kun o‘tib qutqarilgandi. Ushbu hodisa yuzasidan Favqulodda vaziyatlar vazirligi qo‘shimcha ma’lumot berdi. 

Qayd etilishicha, maxsus  qutqaruv operatsiyasida “Qalqama” mahallasida yashovchi 109-sonli maktabning 8-sinf o‘quvchisi Ozodbek Yo‘ldoshev ham qatnashgan.

“Kichik qahramon qutqaruvchi akalari va maxsus asbob-anjomlar yordamida quduqning tor tuynugidan mardonavor o‘tib, bolakayni olib chiqdi. 

O‘z vaqtida va tezkor olib borilgan qutqaruv operatsiyasi muvaffaqiyatli yakunlanib, bolakayning hayoti saqlab qolindi, ayni vaqtda u shifokorlar nazoratida, ota-onasi bag‘rida”, deyiladi xabarda.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

876

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing