Qashqadaryoda 20 yil o‘g‘il bolaning ismi bilan yashagan qizga yangi guvohnoma berildi

Jamiyat

image

Qashqadaryoda 20 yildan buyon o‘g‘il bolaning ism-famiyasi bilan yashab yurgan qizga o‘zining ism yozilgan guvohnoma berildi. Bu haqda “Xalq so‘zi” xabar berdi.

Dehqonobod tumanining tog‘li Duob va Terakli qishloqlari aholisi uchun tuman fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan sayyor qabulda 20 yildan buyon “Shafoatov Olim” deya qayd etilgan guvohnoma bilan yashab yurgan qiz murojaat qilgan.

Ma’lum bo‘lishicha, qiz tug‘ilganida unga yanglishib, “Shafoatov Olim” deb yozilgan guvohnoma berib yuborilgan. Ota-onaning e’tiborsizligi, tog‘li qishloqning tuman markazidan 180 kilometr uzoqda joylashgani va markazga borish qiyin bo‘lgani sababli qizning o‘g‘il bola ismi va familiyasi qayd etilgan tug‘ilganlik to‘g‘risidagi guvohnomasi o‘zgartirilmagan.

Murojaatdan so‘ng qizga o‘z ismi yozilgan guvohnoma berilgan.

“Kech bo‘lsa-da bu xato to‘g‘rilandi. Biz sayyor qabuldan so‘ng “Shafoatov Olim” guvohnomasi bilan yurgan qizga “Shafoatova Muqaddam Ravshan qizi” deb qayd etilgan guvohnomani topshirdik”, deydi Dehqonobod tumani fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish bo‘limi mudirasi Ozoda Ashurova.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

720

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing