Qashqadaryoda 2 baho qo‘ygan o‘qituvchi do‘pposlandi. Zo‘ravonlar begona emas
3-sahifa
−
10 aprel 2021
11595Qashqadaryo viloyati Chiroqchi tumani 134-umumiy o‘rta ta’lim maktabining ingliz tili o‘qituvchisi Shohnur Oqqo‘ziyev joriy yilning 6 aprel kuni o‘quvchilardan birining akalari tomonidan do‘pposlandi. Bu haqda mahalliy nashr “Nasafnews” xabar bermoqda.
O‘qituvchi Shohnur Oqqo‘ziyev 6-A sinfiga ingliz tili fanidan darsga kirgan. O‘quvchilar darsga tayyorgarlik ko‘rmagani bois o‘qituvchi ularni past baho qo‘yish bilan jazolagan. 6 yoki 7 nafar o‘quvchiga jurnalga 3 baho, kundaliklarga esa ota-onalari xabar topishi uchun 2 baho qo‘ygan. Keyin o‘quvchilardan biri norozi bo‘lib, chiqib ketgan va dars tugagandan so‘ng ustozining yoniga qaytib, akasi chaqirayotganini aytgan. O‘qituvchi ota-onalardan biri kelgan bo‘lsa kerak, degan gumonda pastga tushgan o‘qituvchi 3 nafar yigitga duch kelgan. Bu yigitlar o‘qituvchini zo‘ravonlikda ayblab, kaltaklashga tushgan. Tabiiyki, o‘qituvchining 3 kishiga kuchi yetmagan.. Yigitlardan biri biri uni bo‘g‘ishi natijasida o‘qituvchi xushidan ketgan.
Kaltaklangan o‘qituvchi Shohnur Oqqo‘ziyevning aytishicha, janjalni maktab o‘qituvchilari to‘xtatib qolgan. O‘quvchining akalari esa ketayotib, "kechasi so‘yib ketish" bilan ham tahdid qilgan.
Eng qizig‘i, 2 baho olib, akalarini yetaklab kelgan o‘quvchi maktabning ma’naviy- ma’rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari Abdunosir Hoshimovning o‘g‘li va uni kaltaklagan yigitlar esa maktabning sobiq o‘quvchilari ekani aytilmoqda.
Jabrlangan o‘qituvchining onasiga ko‘ra, o‘g‘li 4-kursdaligida viloyat hokimi Zoyir Mirzayev "chekka hududga borib dars berish" evaziga kontraktini to‘lab bergan. Shu bois u Qarshi tumanidan 100 km uzoqda joylashgan Chiroqchi tumaniga qatnab, ingliz tili o‘qituvchisi bo‘lib ishlayotgan edi.
Ma’lum bo‘lishicha, ayni paytda Shohnur Oqqo‘ziyev viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazining Neyroxirurgiya bo‘limida davolanmoqda. Uning bilaklari, beli va oyog‘iga jiddiy shikast yetkazilgan.
"Umakay" mahallasi profilaktika inspektori Sardor Ahmadov hozirda holat yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilayotganini va huquqbuzarlarga ekspertiza natijasiga qarab chora ko‘rilishini ma’lum qilgan.
Yulduz Abdurashidova
LiveBarchasi
Putin xalqiga murojaat qildi.
21 noyabr