Qashqadaryoda 14 yoshli qiz zo‘rlandi. 4 gumonlanuvchi qo‘lga olindi
3-sahifa
−
01 iyul 34448 2 daqiqa
Qashqadaryo viloyatining Yakkabog‘ tumanida 14 yoshli qiz 4 kishi tomonidan zo‘rlandi. Bu haqda “Nemolchi” loyihasi xabar berdi. Holatni Ichki ishlar vazirligi matbuot kotibi Shohrux G‘iyosov tasdiqlagan.
Ma’lum bo‘lishicha, joriy yilning 7 iyun kuni Qashqadaryo viloyatining Yakkabog‘ tumanida Sh.X. (23 yosh), D.X. (22), O.N. (20) va D.A. (21) 14 yoshli qizni Damas rusumli avtomashinaga mindirib, dalaga olib borib, zo‘rlagan.
Yakkabog‘ tumani IIB huzuridagi tergov-tezkor guruhi voqea joyini ko‘zdan kechirib, ish uchun ahamiyatli bo‘lgan ashyo va dalillarni olib qo‘ygan. Sudga oid tibbiy, biologik va psixologik ekspertizalar tayinlangan. Joriy yilning 8 iyun kuni Yakkabog‘ tumani IIB huzuridagi tergov guruhi tomonidan Jinoyat kodeksining 128-moddasi (o‘n olti yoshga to‘lmagan shaxs bilan jinsiy aloqa qilish) 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Jinoyat ishi joriy yilning 29 iyun kuni Jinoyat kodeksining 118-moddasi 3-qismi “a” bandiga qayta malakalanib, gumon qilinuvchi Sh.X., D.H., O.N. hamda D.A.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 118-moddasi 3-qismi “a” bandi bilan ayb e’lon qilinib, protsessual tartibda ushlangan.
Mazkur jinoyat ishi Tergov departamenti tomonidan nazoratga olingan bo‘lib, dastlabki tergov yakuni bo‘yicha barcha aybdor shaxslarga qonuniy chora ko‘rilishi ta’minlanadi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq 2010 yilda tug‘ilgan qiz bilan jinsiy aloqa qilgan Andijon viloyat IIB voyaga yetmaganlarga ijtimoiy-huquqiy yordam ko‘rsatish markazi inspektori qamoqqa olingan edi.
Live
Barchasi