Qashqadaryoda 11 ta arxeologik ob’ektga 6 mlrdga yaqin zarar yetkazilgan – BP
3-sahifa
−
28 noyabr 2022
3031Qashqadaryoda 11 ta arxeologiya merosi ob’ektiga 6 mlrd so‘mga yaqin zarar yetkazilgani aniqlandi. Bu haqda Bosh prokuratura ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, Bosh prokuratura hamda Turizm va madaniy meros vazirligi tomonidan Qashqadaryoda joylashgan 1468 ta madaniy meros ob’ektlari holati o‘rganilgan. Natijada 500 dan ziyod madaniy meros ob’ektlaridan foydalanishda qonun buzilishi holatlari aniqlangan. Shuningdek, 11 ta arxeologiya merosi ob’ektlariga 6 mlrd so‘mga yaqin zararlar yetkazilgan.
Bundan tashqari, Qarshi tumanida joylashgan V-VIII asrlarga oid “Do‘ngtepa”, “Nomsiztepa” va “Avliyotepa” arxeologiya merosi ob’ektlari qisman buzilishi oqibatida ob’ektlarga 1 mlrd 488 mln so‘mlik zarar yetkazilgan.
Bosh prokuraturaga ko‘ra, o‘rganishda madaniy meros ob’ektlariga noqonuniy o‘rnatilgan 5 ta tashqi reklama bannerlari olib tashlangan, ijara shartnomasi tuzmasdan madaniy meros ob’ektidan foydalanib kelayotgan 10 nafar tadbirkorning faoliyati qonuniylashtirilgan.
Shu bilan birga, 11 ta madaniy meros ob’ektlaridagi noqonuniy qurilmalar buzib tashlangan. 37 nafar shaxslar ma’muriy javobgarlikka tortilib, sudlarga 7 ta ariza kiritilgan.
LiveBarchasi