Qashqadaryoda hokim o‘rinbosari $50 000 pora bilan ushlandi
Jamiyat
−
07 fevral 2022 28514 1 daqiqa
Qashqadaryo viloyatining Mirishkor tumani hokimining mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash masalalari bo‘yicha o‘rinbosari U.Yaxshiyev pora bilan qo‘lga tushdi.
Bosh prokuratura Matbuot kotibi Hayot Shamsutdinovga ko‘ra, mansabdor 50 ming AQSH dollari bilan ushlangan.
Hollat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168 (Firibgarlik) va 28, 211 (Pora berish) moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Gumonlanuvchi protsessual tartibda ushlangan.
Ma’lumot uchun, U.Yaxshiyev 2021 yil noyabr oyida Mirishkor tumani hokimining mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga tayinlangan edi.
Live
Barchasi