Qashqadaryoda hokim ajratgan yerni sotayotgan kishi qo‘lga tushdi
3-sahifa
−
23 noyabr 2022
5074Qashqadaryo viloyatining Qarshi tumani “Saroy” mahallasida tuman hokimi qarori bilan ajratilgan yerni sotib yuborayotgan S.O. qo‘lga olindi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi xabar berdi.
Qayd etilishicha, fuqaro E.Ch. Qashqadaryo viloyat Ichki ishlar boshqarmasi Jinoyat-qidiruv bo‘limining Yer resurslari talon-toroj qilinishiga qarshi kurashish bo‘linmasiga murojaat qilgan. Shu asosda viloyat prokuraturasi va huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari bilan hamkorlikda tezkor tadbir o‘tkazilgan.
Tadbirda S.O. Qarshi tumani “Saroy” mahallasi hududidan tuman hokimining qarori bilan tadbirkorga (S.O.ning otasi) “Zamonaviy tipdagi maktabgacha ta’lim muassasasi qurish uchun” ajratilgan jami 0,50 gektar yer maydonida qurilish ishlarini amalga oshirmasdan, bo‘sh yer maydonini kelgusida tanishlari orqali tegishli hujjatlarni rasmiylashtirib berishni va’da qilgan holda 250 mln so‘mga sotishga kelishib, kelishilgan puldan 230 mln so‘mini E.Ch.dan firibgarlik yo‘li bilan olayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan S.O.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi va boshqa moddalar bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borishga kirishilgan.
Biroq Bosh prokuratura tomonidan e’lon qilingan xabarda tuman hokimining qarori qachon qabul qilingani haqida ma’lumotlar mavjud emas.
LiveBarchasi