Qashqadaryoda ham bir kishi koronavirus yuqtirgan
Jamiyat
−
30 mart 2020
14587Avvalroq, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi bilan zararlanganlar 145 nafarga yetgani haqida xabar bergan edik. Sog‘liqni saqlash vazirligi virus yuqtirgan so‘nggi bemor haqida ma’lumot berdi.
Infeksiyani yuqtirib olgan eng so‘nggi bemor ikkinchi vafot etgan marhumning 14 yoshli jiyani ekanligi ma’lum qilindi. U ayni paytda Qarshi shahrida joylashgan Qashqadaryo viloyati yuqumli kasalliklar shifoxonasida davolanmoqda. Bemorning holati o‘rta og‘ir darajada. Bemor bilan muloqotda bo‘lgan yaqinlari va boshqa fuqarolar salomatligi ham qat’iy nazoratga olingan.
Ma’lumot uchun, ayni paytda yana ikki nafar qashqadaryolik bemor Toshkentdagi Virusologiya ilmiy tekshirish instituti klinikasida davolanmoqda.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda koronavirusni yuqtirib olish bilan bog‘liq ilk holat joriy yilning 15 mart kuni qayd etilgan edi.
Qadrli yurtdoshlar, karantin davrida zarurat bo‘lmasa, ko‘chaga chiqmang. Vaqtni oilangiz, farzandlaringiz davrasida o‘tkazing. Unutmang, #UydaHayotBor