Qashqadaryo viloyatiga hokim tayinlandi

Jamiyat

image

Qashqadaryo viloyati hokimi lavozimiga Murodjon Berdialiyevich Azimov tayinlandi. Bu haqdagi tegishli farmon Prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan imzolangan.

“O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 93-moddasi 15-bandi va 102-moddasiga asosan hamda xalq deputatlari Qashqadaryo viloyat Kengashining qaroriga muvofiq Murodjon Berdialiyevich Azimov Qashqadaryo viloyati hokimi lavozimiga tayinlansin”, deyiladi farmonda.

Ma’lumot uchun, Murodjon Azimov 1976 yil Qashqadaryo viloyati Kitob tumanida tug‘ilgan. 1998 yilda Toshkent yuridik institutini tugatgan. U Qarshi shahar prokuraturasida tergovchi, Qashqadaryo viloyat prokuraturasiga prokuror, keyinroq viloyat prokurorining o‘rinbosari va tuman prokurori lavozimlarida ishlagan.

U 2014 yilda Buxoro viloyati prokurori etib tayinlanib, u yerda 2016 yilgacha ishlagan. 2016 yil sentyabr oyidan boshlab u O‘zbekiston bosh prokurori o‘rinbosari lavozimida ishlagan. 

Murodjon Azimov 2018 yilning fevralida Bojxona qo‘mitasiga rais etib tayinlangan, 2021 yil noyabr oyida Qashqadaryo viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi etib tayinlangandi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

247

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing