Qashqadaryo viloyati sog‘liqni saqlash boshqarmasi boshlig‘i o‘zgardi
Jamiyat
−
14 aprel 2022
11870Cog‘liqni saqlash vazirining tegishli buyrug‘i bilan akademik Yolqin To‘raqulov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan endokrinologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Qashqadaryo filiali direktori vazifasida ishlab kelgan Bobur Qodirovich Teshayev Qashqadaryo viloyati sog‘liqni saqlash boshqarmasi boshlig‘i etib tayinlandi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, 36 yoshli Bobur Teshayev Respublika ixtisoslashtirilgan endokrinologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining umumiy va neyroendokrinologiya bo‘limlarida ishlab, tajriba orttirgan. Keyinchalik Surxondaryo viloyati Endokrinologiya dispanseri bosh vrachi lavozimida faoliyat yuritgan.
Tayinlovga qadar Bobur Teshayev Respublika ixtisoslashtirilgan endokrinologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Qashqadaryo filiali direktori vazifasida faoliyat yuritgan. U bu lavozimda 2018 yildan buyon ishlab kelayotgan edi.
LiveBarchasi