Qashqadaryo viloyati hokimining sobiq o‘rinbosari vafot etdi

Jamiyat

image

Qashqadaryo viloyat Uy joy kommunal xizmat ko‘rsatish boshqarmasi boshlig‘i Sirojiddin O‘lmasovich Azizov bugun, 23 sentyabr kuni 45 yoshida vafot etdi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi Matbuot xizmati xabar berdi.

Vazirlik marhumning vafoti munosabati bilan uning oila a’zolari hamda qarindoshlariga rahbariyat va mehnat jamoasi nomidan chuqur ta’ziya bildirgan.

Sirojiddin Azizov joriy yilning 5 avgust kuni Qashqadaryo viloyati hokimining sanoatni rivojlantirish, kapital qurilish, kommunikatsiyalar va kommunal xo‘jalik masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimidan ozod etilgandi. U viloyatning uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlangandi.

Marhumning vafotiga nima sabab bo‘lgani hozircha ma’lum emas.

QALAMPIR.UZ tahririyati marhumning oila a’zolari va do‘stlariga hamdardlik bildiradi.


Maqola muallifi

Teglar

Sirojiddin Azizov

Baholaganlar

364

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing