Qashqadaryo viloyat SSB boshlig‘i o‘zgardi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Cog‘liqni saqlash vazirining tegishli buyrug‘i bilan Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Qashqadaryo filiali direktori vazifasida ishlab kelgan Ravshan Panjiyevich Tulakov Qashqadaryo viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi boshlig‘i etib tayinlandi. 

Tibbiyot fanlari nomzodi, 48 yoshli Ravshan Tulakov Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Qashqadaryo filiali xirurgiya bo‘limi vrachi, filialning umumiy masalalar buyicha direktor o‘rinbosari lavozimlarda ishlagan.

Eslatib o‘tamiz, Prezidentning joriy yil 12-13 noyabrdagi Qashqadaryo viloyatiga tashrifi davomida tizimdagi qator muammolar tanqidiy ko‘rib chiqilgan edi. Yangi rahbarga hududning tibbiy salohiyatini yuksaltirish, chekka qishloq joylariga malakali tibbiyot xodimlarini jalb qilish, aholi orasida sog‘lom turmush tarzi va to‘g‘ri ovqatlanish madaniyatini oshirish kabi qator muhim vazifalar yuklatildi.

Avvalroq, Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Qarshi filiali direktori lavozimiga Yo‘ldoshev Nabijon Pirimovich tayinlangani haqida xabar bergan edik.


Maqola muallifi

Teglar

tayinlov SSB

Baholaganlar

72

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing