Qashqadaryo va Jizzax viloyati hokimlariga o‘rinbosarlar tayinlandi

Jamiyat

image

Qashqadaryo va Jizzax viloyati hokimlariga turizm, sport, madaniyat, madaniy meros va ommaviy kommunikatsiyalar masalalari bo‘yicha o‘rinbosarlar tayinlandi. Bu haqda har ikkala viloyat hokimlik Matbuot xizmatlari xabar bermoqda.

Azamat G‘iyosovich Avazov Qashqadaryo viloyati hokimining turizm, sport, madaniyat, madaniy meros va ommaviy kommunikatsiyalar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari – viloyat turizm va sport bosh boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.

Ma’lumot uchun, Avazov 1986 yil Koson tumanida tug‘ilgan. Toshkent axborot texnologiyalari universiteti va Malayziyaning "Lincoln University" magistraturasini tamomlagan. 

U mehnat faoliyatini 2012 yilda Birlashgan Arab Amirliklaridagi “SALESMAN” firmasidan boshlab, yangi lavozimga tayinlangunga qadar viloyat hokimining turizm va sportni rivojlantirish masalalari bo‘yicha maslahatchisi lavozimida faoliyat yuritib kelayotgan edi. 

Sindor Sultonovich Rahmonqulov Jizzax viloyati hokimining turizm, sport, madaniyat, madaniy meros va ommaviy kommunikatsiyalar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari-viloyat turizm va sport bosh boshqarmasi boshlig‘i etib tayinlandi.

Sindor Rahmonqulov 1983 yilda Sirdaryo viloyati Boyovut tumanida tavallud topgan. Ma’lumoti oliy, 2004 yilda Toshkent davlat yuridik instituti (kunduzgi) va 2009 yilda Toshkent moliya instituti (sirtqi) bo‘limlarini tamomlagan. Ma’lumoti bo‘yicha mutaxassisligi – yurisprudensiya va bank ishi.

U mehnat faoliyatini 2004 yildan XOATB “Kapitalbank” chakana biznes departamentining “Askiya” mini banki mutaxassisligidan boshlab, yangi lavozimga tayinlangunga qadar 2020-2021 yillar mobaynida Jizzax viloyati hokimining turizm va sportni rivojlantirish masalalari bo‘yicha maslahatchisi lavozimida faoliyat yuritib kelayotgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

139

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing