Qashqadaryo va Surxondaryo hokimlariga o‘rinbosarlar tayinlandi
Jamiyat
−
09 mart 2022
5914Bugun, 9 mart kuni Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida hokimlarga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi.
Qashqadaryo viloyati hokimiga Komila Zaydullayevna Karamova o‘rinbosar etib tayinlandi. U oila va xotin-qizlar boshqarmasi boshlig‘i vazifasini bajaradi.
Komila Karamova tayinlovga qadar 2020 yildan viloyat Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari - viloyat hokimining xotin-qizlar masalalari bo‘yicha maslahatchisi vazifasida ishlagan.
Shuningdek, Surxondaryo viloyati hokimiga Zulxumor Abdirashidovna Xidirova o‘rinbosari – oila va xotin-qizlar boshqarmasi boshlig‘i vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi.
Avvalroq, Xorazm, Andijon va Samarqand viloyalarida hokimlarga ham yangi o‘rinbosarlar tayinlagani haqida xabar berg‘an edik.
LiveBarchasi