Qashqadaryo hokimiga yangi maslahatchi tayinlandi
Jamiyat
−
17 mart 2022
5089Qashqadaryo viloyati hokimiga Dolli Hakimovich Allayev maslahatchi etib tayinlandi. Bu haqda viloyat hokimligi Matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, Dolli Xakimovich Allayev viloyat hokimining jamoatchilik bilan ishlash bo‘yicha maslahatchisi lavozimiga tayinlangan.
Aytish joizki, viloyat hokimining maslahatchilari soni 8 nafardan 6 nafarga kamaytirilgan. Ya’ni, viloyat hokimining xotin-qizlar masalalari bo‘yicha maslahatchisi (o‘rinbosar) va viloyat hokimining turizm va sportni rivojlantirish masalalari bo‘yicha maslahatchisi (o‘rinbosar) lavozimlari qisqargan.
Endilikda viloyat hokimining faxriylar bilan ishlash bo‘yicha maslahatchisi (Ya.Inoyatov), jamoatchilik bilan ishlash bo‘yicha maslahatchisi (D.Allayev), axborot siyosati masalalari bo‘yicha maslahatchisi-matbuot kotibi (A.Sodiqov), ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish, davlat tili to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini ta’minlash masalalari bo‘yicha maslahatchisi (Z.Aminova) va tashqi mehnat migratsiya masalalari bo‘yicha maslahatchisi (vakant), Xalq ta’limi boshqarmasi boshlig‘i – viloyat hokimi maslahatchisi (T.Karimov)lar maslahatchi sifatida faoliyat yuritmoqda.
LiveBarchasi