Qashqadaryo hokimi futbol murabbiyini 500 million so‘m bilan mukofotladi (video)

Sport

image
0:00
0:00
download

Bugun, 14 dekabr kuni Qarshi shahrida "Nasaf" va "Sevinch" PFK jamoalarini joriy yilda qo‘lga kiritgan yutuqlari bilan taqdirlash marosimi o‘tkazildi. 

Marosimda viloyat rahbarlari qatnashib, futbolchilar va murabbiylarni viloyat hokimligi sovg‘alari bilan taqdirladi. Jumladan, "Nasaf" klubi bosh murabbiyi Ro‘ziqul Berdiyevga viloyat hokimi Murodjon Azimov 500 million so‘mlik sertifikatni topshirdi.

Ma’lumot uchun, yakunlangan mavsumda "Nasaf" O‘zbekiston chempionatida 3-o‘rinni qo‘lga kiritib, OCHLga yo‘llanmasiga ega chiqdi. Ayollar jamoasi "Sevinch" esa O‘zbekiston chempioni degan faxrli nomga sazovor bo‘ldi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

130

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing