Qashg‘ardan Andijongacha 450 kilometrlik temiryo‘l quriladi

Jamiyat

image

Xitoyning Qashg‘ar shahridan O‘zbekistonning Andijon shahrigacha 450 kilometrlik temiryo‘l quriladi. Bu haqda Andijon viloyati hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, bugun, 6 iyun kuni Xitoyning Pekin shahrida “Xitoy – Qirg‘iziston – O‘zbekiston” temiryo‘li qurilishi bo‘yicha strategik loyihani amalga oshirish bitimi imzolangan. Shu yuzasidan  O‘zbekiston uchun muhim bo‘lgan ushbu bitimni imzolash marosimi ishtirokchilariga Prezident Shavkat Mirziyoyev murojaat yo‘lladi.

“Mazkur temiryo‘l Xitoyni O‘zbekiston bilan bog‘lovchi eng qisqa quruqlik yo‘liga aylanadi. Kelgusida ushbu yo‘l bizning mamlakatlarimizga istiqbolli Transafg‘on yo‘lagi orqali Janubiy Osiyo va Yaqin Sharq davlatlarining keng bozorlariga chiqish imkonini beradi”, deyiladi Prezident murojaatida.

Qayd etilishicha, loyihaning amalga oshirilishidan asosiy maqsad iqtisodiy samara beradigan yangi korxonalar va o‘n minglab ish o‘rinlari yaratilish, o‘zaro savdo hajmini oshishi, sanoat kooperatsiyasi kengayishi, investitsiyaviy jozibadorlik o‘sishi hisoblanadi. Temiryo‘l tadbirkorlar uchun qulay va arzon yuk tashishni ta’minlaydi. Dastlabki taxminlarga ko‘ra, yuk tashish hajmi yiliga 12-15 million tonnani tashkil etadi.


Maqola muallifi

Teglar

Andijon temir yo'l Qashg'ar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing