“Qartalar ochilmoqda”. To‘qayev Nazarboyev bilan vakolatlar uchun savdolashganmidi?
Olam
−
29 yanvar 2022
19110Qozog‘iston Prezidenti Qosim-Jomart To‘qayev joriy yilning yanvar oyida mamlakatda yuz bergan tartibsizliklar vaqtida Birinchi Prezident – Elboshi Nursulton Nazarboyev bilan vakolatlar taqsimoti bo‘yicha muzokara o‘tkazmaganini aytdi. Bu haqda u “Xabar 24” telekanaliga bergan intervyusida aytib o‘tdi.
“Hech qanday savdolashish va imtiyozlar haqida gap bo‘lmadi. Xavfsizlik kengashi rahbarining maqomi haqida so‘z bordi. Men hozir xalqqa murojaat qilib, Xavfsizlik Kengashi rahbari ekanimni aytaman, degan savolni ko‘tardim”, degan To‘qayev.
Davlat rahbari Qozog‘istonda tinch namoyishchilarga qarshi qurol ishlatilmaganini aytdi va tartibsizliklar vaqtida qurol ishlatish uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga olganini qo‘shimcha qildi.
“Men yo‘q qilish uchun o‘t ochishning javobgarligini o‘z zimmamga oldim. Prezident, davlat rahbari mas’uliyatni o‘z zimmasiga olishi kerak, deb hisoblayman. Men professional diplomatman, xorijiy davlatlarda bunday munosabat bo‘lishini bilardim, lekin mamlakat manfaatlari birinchi o‘rinda turadi. Davlat manfaati, xalq manfaati hamma narsadan ustundir. Oxirgi lahzada G‘arb nima deb o‘ylaydi, deb o‘yladim. Huquq-tartibot xodimlari mas’uliyatni o‘z zimmalariga olishdan qo‘rqishdi. Men buni o‘zimga oldim”, degan To‘qayev.
To‘qayev tartibsizliklar vaqtida terrorchilar Olma-ota aeroportini chet davlatdan tayyorgarlik ko‘rgan jangarilar kirib kelishi uchun nazoratga olganini ham aytib o‘tgan.
Eslatib o‘tamiz, Qozog‘istonda tartibsizliklar bostirilayotgan bir vaqtda G‘arb OAVda To‘qayev va Nazarboyev aktivlar va vakolatlarni bo‘lishish uchun keskin muzokaralar olib borayotgani haqida xabarlar tarqalgandi.
LiveBarchasi