Qarshilik “shovvoz” chet ellik tadbirkorni 220 mln so‘mga chuv tushirdi

Jamiyat

image

Qarshida qozog‘istonlik tadbirkorni katta miqdordagi pulga chuv tushirgan shaxs ushlandi. Bu haqda Ichki ishlar vazirligi Tergov departamenti xabar berdi.

Qayd etilishicha, Joriy yilning sentyabr oyida Qarshi shahrida yashovchi fuqaro 35 yoshli G.D. chorva mollari savdosi bilan shug‘ullanuvchi tadbirkor Qozog‘iston Respublikasi fuqarosi 44 yoshli N.Ye. bilan 40 bosh qora mollarini har birini 6,5 mln so‘mdan sotib olishga kelishgan. Pullarni esa 10 dekabr kuniga qadar bo‘lib-bo‘lib to‘lab berishga va’dalashgan.

15 noyabr kuni G.D. N.Ye.ning 40 bosh qora mollarini Qozog‘iston Respublikasidan o‘zining uyiga olib kelgan. So‘ng 29 noyabr kuni ushbu qora mollarni bozorda jami 220 mln so‘mga sotib, pullarni o‘zining ehtiyojlari uchun ishlatib yuborgan.

Mazkur holat yuzasidan Qarshi shahri bo‘yicha IIO FMB 4-sonli IIB huzuridagi tergov bo‘linmasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 4-qismi “a” bandi (juda ko‘p miqdordagi firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Fuqaro G.D. jinoyat ishi bo‘yicha ushbu modda bilan gumon qilinuvchi tariqasida ishda ishtirok etishga jalb qilinib, protsessual tartibda ushlangan.

Dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

firibgarlik Qarshi

Baholaganlar

47

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing