Qarshida voyaga yetmagan qizni zo‘rlab kelgan yigitga jinoyat ishi ochish rad etildi

3-sahifa

image

Ijtimoiy tarmoqlarda Qarshi shahar Qavali mahallasida yashovchi voyaga yetmagan Sh.J. Shahzod Q. tomonidan 2020 yil oktyabridan 2021 yilning 1 fevraliga qadar zo‘rlab kelingani aytilgan videolavha tarqaldi. Ushbu vaziyatga viloyat Ichki ishlar boshqarmasi Matbuot xizmati izoh berdi. 

Unga ko‘ra, Qashqadaryoda 18 yoshli qiz sevgan yigiti tomonidan bir necha oy davomida zo‘rlab kelingan. Huquqni muhofaza qiluvchi ijoralar yigitga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atishni rad etgan. Qiz ikki marta joniga qasd qilishga uringan.

Qayd etilishicha, Shahzod Q. Sh.J.ning nomusiga tekkan vaqtida olgan suratlari bilan sharmanda qilish bilan qo‘rqitib, qiz bilan majburan jinsiy aloqa qilib kelgan.  

Qizning ota-onasinining ta’kidlashicha, Sh.J. o‘zini ikki marta o‘ldirmoqchi bo‘lgan. U 12 dona uyqu va boshqa dori ichgan. O‘zini osmoqchi bo‘lganida esa otasi qaytarib qolgan.

Ma’lum qilinishicha, IIB tomonidan holatga oydinlik kiritish maqsadida Shahzod Q.ga nisbatan bir necha bor sudga oid tibbiyot ekspertizasi tayinlanib, ekspertiza xulosalari olingan.

Tergovga qadar tekshirish natijasiga ko‘ra, Qarshi shahar IIO FMB 3-sonli IIB huzuridagi tergov bo‘limi surishtiruvchisi tomonidan Shahzod Q.ning harakatlarida jinoyat alomatlari yo‘q deb topilib, to‘plangan hujjatlarga asosan, JPKning 83-moddasi 2-bandi tartibida jinoyat ishi qo‘zg‘atishni rad etish to‘g‘risida qaror qabul qilingan va natijasi arizachi M.Sh.ga aloqa xati orqali yozma ma’lum qilingan.

Hozirda mazkur holat yuzasidan surishtiruv olib borilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

2718

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing