Qarshida eshak go‘shti sotgan shaxsga sud hukmi o‘qildi

3-sahifa

image

Xabaringiz bor, avvalroq Qashqadaryo viloyati Qarshi shahrida xonadonida eshak so‘yib, go‘shtini sotayotganlar ushlangandi va mazkur holat bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilgandi. 

Kecha, 20 sentyabr kuni jinoyat ishlari bo‘yicha Qarshi shahar sudi tomonidan o‘tkazilgan sayyor sudda eshak go‘shti sotishda ayblangan fuqaro X.J.ga hukm o‘qildi. Bu haqda viloyatning mahalliy telekanalning “Xabarlar” informatsion dasturida ma’lum qilingan.

Ayblanuvchi sud protsessi davomida qilgan ishidan pushaymon ekanligini, boshqa bunday ishlarga qo‘l urmasligini aytib, suddan yengillik so‘ragan.

Sudda fuqaro X.J.ga O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 186-moddasi 1-qismi bilan aybli deb topilib, ish haqining 20 foizi davlat daromadiga ushlab qolingan holda 2 yil axloq tuzatish ishlari jazosi tayinlandi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

509

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing