Qarshida bolalarini o‘ldirish bilan qo‘rqitib kelgan ota qamaldi

Jamiyat

image

Ijtimoiy tarmoqlarda Qashqadaryoda ota farzandlarini o‘ldirish bilan tahdid qilayotgani haqida xabarlar tarqaldi.Vaziyatga shoshilinch chora ko‘rish kerakligi ham qo‘shimcha qilingandi. Viloyat prokuraturasi holat yuzasidan munosabat bildirdi.

Aniqlanishicha, Qarshida fuqaro A.R. tomonidan voyaga yetmagan farzandlari Ax.J. va Ad.J.ni o‘ldirish bilan qo‘rqitib, haqoratlab, tazyiq o‘tkazib kelayotgani tasvirga olingan.

Bugun, 21 yanvar kuni viloyat prokurori E.Tojiyev tomonidan mutasaddi tashkilot vakillari ishtirokida voyaga yetmagan Ax.J va Ad.J.ni buvisi M.X. bilan birga viloyat prokuraturasiga taklif qilinib, o‘tkazilgan suhbat jarayonida voyaga yetmagan shaxslar otasi tomonidan muttasil qiynab, urib, haqoratlab kelinganligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan shu kunning o‘zida Jinoyat kodeksining 110-moddasi 2-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, A.R. qamoqqa olingan.

Shuningdek, voyaga yetmagan shaxslar ijtimoiy himoyaga olinib, tergov harakatlari yuzasidan nazorat o‘rnatildi.


Maqola muallifi

Teglar

jinoyat Qarshi

Baholaganlar

342

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing