Qarshida ayol nogiron onasini kaltakladi (video)

Jamiyat

image

Ijtimoiy tarmoqlarda Qashqadaryo viloyatida yashovchi fuqaro o‘zining nogiron onasini urayotgani aks etgan video tarqaldi. Qashqadaryo viloyat IIB holat yuzasidan rasmiy ma’lumot berdi.

Unga ko‘ra, Qarshi shahar, “Shayxali” mahallasi Bo‘ztepa ko‘chasi, 18-yotoqxona, 56-xonada yashovchi fuqaro X.O. onasi, 1- guruh nogironi M.A. bilan birga yashab keladi.

Joriy yilning 13 iyul kuni X.O. onasi, 1- guruh nogironi M.A.ni O‘zbekiston Respublikasi Kasaba uyushmalari federatsiyasi Qashqadaryo viloyati bo‘limi binosi oldiga hokimiyat vakillaridan pul undirish maqsadida olib kelgan.

X.O. onasi, 1- guruh nogironi M.A.ni yuqoridagi manzilda qoldirib o‘z ishlari bilan ketib, qaytib kelgach, onasiga “nega hokimiyat vakillaridan pul so‘ramading?!” deb tahqirlagan.

Ma’lum qilinishicha, X.O. va uning oilasiga 2020 yil yanvar oyidan 2021 yil iyul oyigacha oziq-ovqat va naqd pul shaklidagi 56 mln 500 ming so‘m moddiy yordam berilgan. 

Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 12 apreldagi qarori bilan tasdiqlangan “Og‘ir ijtimoiy vaziyatga tushib qolgan xotin-qizlarga, nogironligi bo‘lgan, kam ta’minlangan, farzandlarini to‘liqsiz oilada tarbiyalayotgan va uy-joy sharoitini yaxshilashga muhtoj onalarga arzon uy-joylar berish tartibi to‘g‘risida”gi Nizomga asosan ularga uy-joy ajratilgan bo‘lib, keyingi to‘lovlarni to‘lashga imkoni yo‘qligi bois, 2021 yil 21 yanvar kuni 3-sonli to‘lov topshiriqnomasiga asosan Qarshi shahar “Ipoteka bank” ATIB Qashqadaryo viloyat filiali tomonidan 28 mln 634 ming 93 so‘m mablag‘ X.O.ga berilgan hamda Qarshi shahar hokimligi tomonidan 0,2 sotix yerga uy-joy qurish uchun yer ajratilgan.

Hozirda X.O.ning onasi, 1- guruh nogironi M.A.ga nisbatan sodir etgan xatti-harakatlari viloyat IIB XQMB mas’ul xodimlari tomonidan o‘rganilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

460

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing